«Barselona» Verratti uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor


“Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Marko Verratti “Barselona” jamoasi rahbariyatining asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.
Kataloniyalik klub parijliklarga 60 million yevro takoif qilishga tayyor.
23 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosining o‘ziga bonuslarni inobatga olmaganda yiliga 6 million yevro maosh ko‘zda tutilgan shartnoma imzolashga imkoni takdim etiladi.
Xabar qilinishicha, tomonlar bu borada dastlabki muzokaralar o‘tkazishgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Verratti “PSJ” bilan bitimini 2020 yilga qadar uzaytirgandi. Uning maoshi 4 million yevroga qadar oshdi.































Izohlar 0
…