Shomurodov chempion jamoaning asosiy transfer maqsadi

Shomurodov chempion jamoaning asosiy transfer maqsadi
Legionerimiz Eldor Shomurodov faoliyatini amaldagi Turkiya chempioni hisoblanmish "Trabzonspor" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "61saat" nashri xabar berdi.

Turk klubi matbuot kotibi Xasan Tyunjelning ma’lumotiga ko‘ra, legionerimiz ayni vaqtda "Trabzonspor"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Qayd etish lozim, Eldorga Italiyaning "Bolonya" klubi ham jiddiy qiziqmoqda. Shunday bo‘lsa-da, rimliklar mazkur jamoa bilan moliyaviy tomondan kelisha olmayapti.

Ayni vaqtda A Seriyada 2-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Shomurodov har ikkala uchrashuvda ham zaxirada qoldirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar