
"Roma" klubi futbolchisi Eldor Shomurodovga "Bolonya" hamon qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.
Bilasiz, bolonyaliklar "Bavariya" o‘yinchisi Joshua Zirkzeyeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Niderlandiyalik hujumchi Italiya jamoasi bilan shartnoma imzolagandan so‘ng ham hamyurtimiz transferidan voz kechmaydi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Sinisha Mixaylivich murabbiylik qilayotgan jamoa Eldorni sotib olishi uchun dastlab Musa Barrouni sotishi lozim.
Avvalroq, rimliklar "Bolonya"ning Shomurodov borasidagi 10 million yevrolik taklifini rad etgani haqida xabarlar chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar