"Roma" bugun yangi hujumchi transferini e'lon qiladi

img]https://zamin.uz/uploads/posts/2022-08/5fd374412c34aee4e961032ac424c380.jpg[/img]
"Roma" italiyalik hujumchi Andrea Belottini oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, forvard tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi va bugun erkin agent maqomida "boʻrilar" bilan shartnoma imzolaydi. Tomonlar shaxsiy bitim borasida kelishuvga erishgan.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning qoʻshimcha qilishicha, rimliklar Belotti bilan 3 yil moʻljallangan bitim imzolaydi.

Ma'lumot uchun, Andreaning kelishi, Shomurodovning boshqa jamoaga transferini tezlashtiradi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar