Suares bir mavsum davomida «Barselona»da urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldoni ortda qoldirdi

Suares bir mavsum davomida «Barselona»da urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldoni ortda qoldirdi
Suares bir mavsum davomida «Barselona»da urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldoni ortda qoldirdi

«Barselona» jamoasi hujumchisi Luis Suares «Deportivo»ga qarshi (8:0) Ispaniya chempionati 34-turida to‘rtta gol kiritib, mavsum davomida kiritilgan gollar sonini 49 taga etkazib oldi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.

Shu tariqa urugvaylik futbolchi «Barselona»ning braziliyalik sobiq hujumchisi Ronaldoni ortda qoldirdi. 1996-97 yilgi mavsumda «so‘yloqtish» barcha turnirlarda jami 47 ta gol kiritgan edi.

«Barselona»da bir mavsum davomida eng ko‘p golni Lionel Messi kiritgan. 2011-12 yilgi mavsumda u jami 73 ta gol kiritgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar