
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker “Real” rahbariyati nega Martin Edegorni “Arsenal”ga qo‘yib yuborganini tushunmasligini aytdi.
- Aqlim yetmayapti. Toni Kroos va Luka Modrich tez orada jamoadan ketishini bilib turib, “Real” Martin Edigordan nega voz kechgani meni hayron qoldirdi. Juda g‘alati qaror. Men Martinni juda iste’dodli futbolchi, deb bilaman, - dedi Gari Lineker.
Norvegiyalik yarim himoyachi o‘smirlik davrida “Real” akademiyasi “Kastilya”ga olib kelingan. Lekin madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmadi. Iste’dodli futbolchi “Xerenven”, “Vitess”, “Arsenal”ga ijaraga berildi.
2021 yilning yozida “Qirollik klubi” bu futbolchini 35 million yevro evaziga “Arsenal”ga sotib yubordi. Edegor ayni paytda “kanonirlar”ning haqiqiy yetakchisiga aylangan.
Gari LinekerReal MadridMartin EdegorArsenal FutbolIste'dodli FutbolchiAqlim Yetmayapti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar