
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini yakunlagani yo‘q.
Ispaniyalik mutaxassis grand klublar nazaridan chetdan qolayotgan iste’dodi o‘yinchiga e’tibor qaratdi. Xavi “Selta”da to‘p tepayotgan chap qanot himoyachisi – adashi Xavi Galanni olib kelishga ko‘rsatma berdi.
Vigoliklar yetakchi futbolchisini ushlab qolishga harakat qilmoqda. Biroq “Barselona” singari grand klublar bilan raqobatlashish juda mushkul.
Xavi Galan aslida himoyachi bo‘lsa-da, chap qanotda hujumgacha bo‘lgan masofani to‘liq nazorat qila oladi. 27 yoshli futbolchining Vigo klubi bilan 2026 yilning yozigacha davom etadigan bitimi bor. Lekin uning narxi 12 million yevroni tashkil etayotgani transferga imkon ochadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing