Foto: «Neftchi»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan uchta o‘yin 29 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Neftchi» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Islom Kenjaboyev hisobni ochdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Abror Ismoilov muvozanatni tikladi. 56-daqiqada Ismoilov dubl qayd etdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
«Neftchi» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 15 taga yetkazib, 11-o‘rinni egalladi. «Qizilqum» esa 29 ochko bilan 5-pog‘onani band etdi.
«OKMK» esa «Surxon» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Alisher Jalolov hisobni ochdi. 56-daqiqada Martin Boake olmaliqliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Ruben Sanches hisobni qisqartirdi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari ochkolari sonini 28 taga yetkazib, 6-pog‘onani egalladi. «Surxon» esa 13 ochko bilan 13-o‘rindan joy oldi.
«Nasaf» va «Lokomotiv» o‘yinida tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Qarshiliklar 32 ochko bilan 2-o‘rinni saqlab qoldi. «Temir yo‘lchilar» esa 18 ochko bilan 10-o‘rinni egalladi.
«Neftchi» — «Qizilqum» 2:1
Gollar: 0:1 — 43 Islom Kenjaboyev, 1:1 — 45 Abror Ismoilov, 2:1 — 56 Abror Ismoilov.
«Neftchi»: 45. Akbar To‘rayev, 4. Andrey Mishenko, 13. Lutfulla To‘rayev, 17. Abdulloh Olimov, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Umar Adhamzoda, 26. Oleksey Larin, 28. Fozil Musaev,31. Nodirhon Ne’matxonov, 46. Shahzodbek Ubaydullayev, 77. Abror Ismoilov.
«Qizilqum»: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldashov, 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich, 14. Fayzulla Qambarov, 20. Islom Kenjaboyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 43. San Paul Komolaf.
«OKMK» — «Surxon» 2:1
Gollar: 1:0 — 6 Alisher Jalilov, 2:0 — 56 Martin Boake, 2:1 — 59 Ruben Sanches.
«OKMK»: 1. Botirali Ergashev, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Giorgi Papava, 17. Sanjar Tursunov, 22. Shohruh Gadoyev, 27. Martin Boake, 63. Alisher Jalilov.
«Surxon»: 13. Azizxon Isoqov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 3. Bobirjon Akbarov, 6. Jahongir Ahmadov, 7. Islomjon Toshpo‘latov, 10. Murodbek Bobojonov, 14. Sanches Peres Ruben, 14. Nuriddin Hasanov, 20. Iqbol Malikjonov, 23. Abdul Aziz Yusupov, 66. Behruz Shaydulov.
«Nasaf» — «Lokomotiv» 0:0
«Nasaf»: 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Sharof Muhitdinov, 10. Husayn Norchayev, 17. Suhrob Nurulloyev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
«Lokomotiv»: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 4. Dilshodjon Komilov, 6. Alisher Salimov, 8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 10. Jasurbek Jaloliddinov, 11. Kahi Maharadze, 19. Etame Jerome, 22. Manuchehr Safarov, 25. Mo‘minjon Meliyev, 27. Islom Rashidxonov, 44. Samyuel Ope. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar