Krishtianu Ronalduni maydonda asosan uzun yengli futbolkada ko‘rishga odatlanganmiz. Hatto eng jazirama issiqda ham. Yengi kalta futbolka kiyganmi o‘zi?
Ko‘pchilik muxlislarini qiziqtirgan savolga futbolchining o‘zi javob berdi. Uning aytishicha, hamma gap irimda. Ronaldu «baxtli» futbolkaga ishonadi.
Ronalduning aytishicha, Yevro-2004 va 2006 yilgi jahon chempionatida u yengi kalta futbolkalarda maydonga tushgan. Har gal yutqazgan.
Portugaliya 2004 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘z uyidagi chempionat, ayniqsa, finalni boy berish, juda alamli. Gretsiya sensatsion ravishda Yevropa chempioni bo‘lgan.
Germaniya mezbonlik qilgan JCH-2006 da Portugaliya guruhda 9 ochko bilan 1-o‘rinni olgan. Keyingi bosqichda penaltilar seriyasi bo‘yicha Angliyani ortda qoldirgan. Biroq yarimfinalda Fransiyaga yengilgan — 0:1.
Krishtianu Ronaldu o‘shandan beri uzun yengli futbolkalar omad keltirishiga ishonadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»