«Real» sobiq futbolchisi Marselo «Olimpiakos»ga o‘tdi. 34 yoshli braziliyalik uzaytirish huquqi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Marselo «Madrid» safida 18 yil faoliyat olib bordi. Himoyachi «qaymoqranglilar» bilan 25 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Bu klubdagi rekord natija. Ortda qolgan mavsumdagi Ispaniya chempionligidan so‘ng Marselo «Real»da 23 ta sovringa erishgan Fransisko Xentoni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchiga aylangan edi.
Marselo «Real»dagi faoliyati davomida 6 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi, 5 marta Ispaniya Superkubogi, 5 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UYEFA Superkubogi, shuningdek, 4 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»