00:24 / 07.09.2022
2 127

Kutilmagan burilish! Kelishilgan o‘yinlar masalasidagi eng muhim shaxs "zadniy"ni berdi!

Kutilmagan burilish! Kelishilgan o‘yinlar masalasidagi eng muhim shaxs "zadniy"ni berdi!
Buyog‘i endi juda qiziq bo‘lib bormoqda. Barcha sport nashrlari bilgan birgalikda, O‘FA va PFLga ham ma’lumotlarni sizdirgan BK xodimi bilan yaqinda suhbatlashgan edik. Buni qarang-ki, u hamma aytgan gaplaridan tonib turibdi. Eng qizig‘i shundaki, u bu so‘zlarini quyidagicha mantiqsiz izohladi:

"- Salom, uzr. Men "Lokomotiv"ning chin muxlisiman. Ularni har bir o‘yinini kuzatib boraman. Oxirgi paytlarda ko‘p mag‘lubiyatga uchragani uchun, g‘azablanib shu ishga qo‘l urdim. Men O‘zbekistondagi barchaga soxta xabar jo‘natgan edim. Futbolchilarning rasmlarini internetdan kesib oldim. Yana bir bor barchadan uzr so‘rayman!"

Mana buni burulish, desa bo‘ladi. Fantastik burilish! O‘z uyida 300 ta ham odam stadionga kirmaydigan "Loko"ning xorijda ashaddiy ishqibozi bor ekanligiga ishonasizmi? Qandaydir 3-4 kun avval qo‘lidagi kompramatlarini taklif etishga tayyor inson, birdaniga barchadan uzr so‘ramoqda. Bilmadim, katta ehtimol bilan ishni bosdi-bosdi qilish haqida avvalroq bergan ma’lumotimiz o‘zini oqlaydigandek.

Bunday o‘ylab qaralsa, agar ma’lumotlarni ommaga taqdim etgan shaxs o‘z da’vosidan qaytsa, barcha uchun qulay bo‘ladi. Kaxi hech kimga hech narsa demaydi. Evaziga O‘zbekistonda qoladi. U gapirmaganidan keyin boshqalarning ism-familiyasi ham oshkor etilmaydi. Demak, bu voqea bo‘lmadi, deb hisoblaymiz. Qanchalar kulguli va achinarli holat. Hayotimiz xuddi hech narsa bo‘lmagandek davom etaveradi.

Hozircha, O‘FA bu boradagi yakuniy xulosasini aytgani yo‘q. Shunga qaramay, hamma narsaga tayyor turavering. Yakunda, haqiqatni olib chiqish maqsadida ijod qilayotgan jurnalistlar ommaviy tarzda uzr so‘rab chiqmasa bo‘lgani.

Norboy Muallim

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kutilmagan burilish! Kelishilgan o‘yinlar masalasidagi eng muhim shaxs "zadniy"ni berdi!