
“Andijon” jamoamiz bugun pro liganing 16-tur qoldirilgan uchrashuvida safarda Muborakning “Mash’al” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada Andijondagi bahsda vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. O‘shanda Shahboz Erkinov va Vladimir Bubanya g‘alaba keltiruvchi gollarga mualliflik qilishgan.
Umumiy hisobda mazkur klublar 35 marotaba to‘qnash kelishgan. Statistik raqamlar shuni ko‘rsatyaptiki, “Andijon”da 12 ta, “Mash’al”da esa 18 ta g‘alaba bor. Shuningdek, 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatiga kelsak, “Mash’al” 51 ta, “Andijon” 40 ta gol urgan.
Lekin jamoalarning oxirgi 5 ta to‘qnashuvida “Andijon” raqibiga yutqazmayapti. Masalan, o‘tgan yili Andijonda durang, Muborakda esa uch ochko qo‘lga kiritilgan.
2022 yil.
1-davra. “Andijon” – “Mash’al” – 2:1
2021 yil.
1-davra. “Andijon” – “Mash’al” – 1:1
2-davra. “Mash’al” – “Andijon” – 0:1
2020 yil.
1-davra. “Mash’al” – “Andijon” – 0:0
2-davra. “Andijon” – “Mash’al” – 2:1
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar