Londonning «Chelsi» jamoasi bosh murabbiy Tomas Tuxelni iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.
«Aristokratlar» Chempionlar Ligasining 1-turida «Dinamo» Zagreb jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu nemis mutaxassisining jamoa bosh murabbiyi sifatida 100-o‘yini edi.
Hozirda «Chelsi» APLda 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 3 ta g‘alaba, bitta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
London klubi xo‘jayinlari 49 yoshli murabbiyning iste’fosi bo‘yicha bayonot berdi:
«‘Chelsi’ning barcha xodimlari nomidan Tomas va uning shtabiga mehnati uchun rahmat aytmoqchimiz. U murabbiy sifatida jamoa tarixidan joy oladi.
Yangi xo‘jayinlar klubda ish boshlaganiga 100 kun bo‘ldi. Ular klubni rivoji bo‘yicha qattiq mehnat qilmoqda. Rahbarlar murabbiyni almashtirish vaqti kelgan, deb hisoblaydi.
‘Chelsi’ murabbiylar shtabi jamoani keyingi o‘yinga tayyorlash va mashg‘ulotlarni o‘z zimmasiga oladi. Yangi murabbiyni tayinlash bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.
Yangi murabbiy kelgunga qadar boshqa ma’lumotlar berilmaydi».
Tuxel 2021 yil yanvar oyidan buyon klub bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan edi. Murabbiy «aristokratlar» bilan 2020/21 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati sovrinini qo‘lga kiritgan.
«Chelsi»ning keyingi o‘yini 10 sentabr kuni safarda «Fulhem»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi