21:51 / 08.09.2022
4 587

Superliga. "Olimpik"ning bu safar ham "Qizilqum"ga "tishi o‘tmadi"

Superliga. "Olimpik"ning bu safar ham "Qizilqum"ga "tishi o‘tmadi"
Foto: «Qizilqum»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turida «Qizilqum» 8 sentabr, payshanba kuni «Olimpik»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Islom Kenjaboyev hisobni ochdi. 49-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov navoiyliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 63-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni qisqartirdi. Ammo bu gol «Olimpik» uchun yetarli bo‘lmadi.

«Qizilqum» ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 4-o‘rinni egalladi. «Olimpik» esa 22 ochko bilan 7-pog‘onani band etdi.

"Qizilqum" – "Olimpik" - 2:1
Gollar
: Islom Kenjaboyev 33, - 1:0. Temurxo‘ja Abduxoliqov 49, - 2:0 (Aleksandar Stanisavlevich). Otabek Jo‘raqo‘ziyev 63, - 2:1 (Ruslanbek Jiyanov).

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldashev, 5. Dilshod Jo‘rayev (88. Artem Dmitriyev, 88), 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanislavlevich (18. Davron Anvarov, 88), 14. Fayzullo Qambarov, 20. Islombek Kenjaboyev (23. Sherali Jo‘rayev, 76), 28. Shuhrat Muhammadiyev (25. Azibek Usmonov, 68), 33. Oleg Zoteyev, 43. Pol Komolafe.
Zaxira: 12. G‘olibjon Bekmurodov, 8. Shaxzod Turopov, 17. Salim Mustafoyev, 21. Orifxo‘ja Abduxoliqov, 75. Oleg Tolmasov,

"Olimpik": 1.Shukron Yuldashev, 2. Saidazamat Mirsadiov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev,7. Ruslan Jiyanov, 9. Temur Mamasidiqov (4. Jasurbek Xoldorov, 68), 10. Farrux Muxtorov (18. Sardor Maxmudov, 89), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 19. Doston Tursunov (17. Jalollidin Sodiqov, 90+3), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (21. Muhammadaziz Ibrohimov, 46), 44. Shahzod Toirov (99. Muhammadali G‘iyosov, 68).
Zaxira: 13.Vladimir Nazarov, 8. Mironshoh Sattorov, 20. Javohir Jo‘rayev, 2898. Sunnatulloh Hamidjonov.
Ogohlantirish: Shahzod Toirov 55.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Olimpik"ning bu safar ham "Qizilqum"ga "tishi o‘tmadi"