
Urugvayda 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. Oʻzbekistonliklar 2-turni Argentinaga qarshi oʻtkazib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Raqib termasiga Xaver Maskerano ustozlik qiladi.
Ravshan Haydarov shogirdlari ilk turda mezbon Urugvayga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Endi hamyurtlarimiz 3-turni Braziliyaga qarshi oʻtkazadi. Mazkur bahs 11 sentyabrga oʻtar kechasi 02:45 da start oladi.
“Maldonado Cup” (U-20). 2-tur.
Oʻzbekiston – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: Tomas Kummer 38, Maestro Puch 86.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi (asosiy tarkib): 21. Otabek Boymurodov, 4. Abubakr Ashurov, 6. Jahongir Urazov, 7. Pulatxoʻja Xoldorxonov, 8. Behruz Askarov, 10. Umarali Rahmonaliev (c), 14. Zafarmurod Abdurahmatov, 15. Zafar Hakimov, 16. Hislat Xalilov, 17. Nodir Abdurazzakov, 20. Mahmud Mahammadjonov.
Chetlatish: Behruz Askarov, Abubakr Ashurov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar