
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Yevropa ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Ludogores"ga qarshi (1:2) o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz ajoyib o‘ynadik deya olmayman, bunday bo‘lmadi, ammo namoyish etgan o‘yinimiz mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun yetarlidek tuyuldi. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi, raqib hisob ochgach qiynaldik. Hisobni tenglashtira oldik, biroq yana o‘tkazib yubordik.
Hozir bizda barchasi joyida emasdek. Yaxshiki hozir pley-off emas, guruh bosqichidamiz. Oldinda 5ta o‘yin bor. Ilk turda g‘alaba qozonish jamoaga ustunlik berardi, ammo endi biz bosim ostida bo‘lamiz.
Qirolicha Yelizvattaning vafotidan qayg‘udaman. Men Buyuk Britaniyaga begona emasman, bu mening uyim, u yerda ko‘p yillar yashaganman. Qirolicha ajoyib inson edi. Uni hurmat qilmagan odamni tanimayman», – deydi Mourinyu Sky Sport Italia nashriga.
Joze MourinyuYevropa LigasiRoma JamoasiLudogores O‘yiniGuruh BosqichiQirolicha Yelizaveta O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar