
«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubidan katta moliyaviy taklif oldi.
Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Ronalduga yiliga 240 million yevro maosh taklif qilgan, bu esa uni avtomatik ravishda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin edi, biroq portugaliyalik bu futbolchi variantdan bosh tortgan.
Shuningdek, manbaning qo‘shimcha qilishicha, Ronalduning joriy mavsum yakuniga qadar uning «Manchester Yunayted»ni tark etishi ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Ronaldu uchun omadsiz o‘tmoqda. Bir nechta uchrashuvda u eng yomon futbolchi deya topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar