18:40 / 13.09.2022
2 898

Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikda!

Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikda!
Belarus chempionatida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Bobir Abdixoliqov “Oltin butsa” uchun davogarlar qatorida bormoqda. U hozirga kelib musobaqada 20 uchrashuvda 20 ta gol urishga erishdi.

Belarus Oliy Ligasida gol uchun 1 koeffitsiyent beriladi va hozirda u 20 ochko to‘plagan holda Erling Xoland (10 gol) bilan tenglashib olgan. Kuchli beshlik chempionatlariga 2 koeffitsiyent berilgani uchun Xolandning natijasi ikka karra ortgan.

“Oltin butsa” uchun ro‘yxatda “Budyo-Glimt” vingeri Amal Pellegrino yetakchilik qilmoqda. Uning hisobida 28,5 ochko (19 gol, 1,5 k) bor. Norvegiyalikdan keyingi o‘rinda esa Shvetsiyaning “Xekken” klubi hujumchisi Aleksandr Yeremeyev ketmoqda – 21 ochko (21 gol, 1 k).

Eslatib o‘tamiz, "Energetik-BGU" mavsum yakuniga qadar 10 ta uchrashuv o‘tkazadi. 25 yoshli o‘zbekistonlik chempionat bir mavsumi davomida gol urish bo‘yicha 6-o‘rindagi Pyotr Kachuro bilan tenglashib oldi.

Yevropada “Oltin butsa”ning amaldagi g‘olibi Robert Levandovski hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 35 ta gol urib, 70 ochkoga ega bo‘ldi.

Oltin butsa 2022/23. Ayni vaqtdagi holat:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikda!