
Foto: Getty Images
«Pumas» klubi a’zosi Dani Alves hali faoliyatini yakunlamasligini ma’lum qildi.
"Kelajak haqida o‘ylagim kelmaydi, chunki oldindan nima bo‘lishini taxmin qila olmaysiz. Mayli hammasi o‘z navbati bilan bo‘laversin. Agar Messi sovrinlar bo‘yicha o‘tib ketsa, men 50 yoshgacha o‘ynayman", - dedi Dani Alves.
Argentinalik futbolchi hisobida 40 ta sovrin mavjud. Alves esa jami 46 ta sovringa ega chiqqan.
Rekordchi Alvesning sovrinlari soni borasida ikki xil statistika mavjud. Ba’zi manbalarda 46 ta sovrin ko‘rsatilgan, ammo ayrim ma’lumotlarda Alvesning erishgan sovrinlari 42 ta ekani qayd etilgan.
2001 yilgi Baiya chempionligi va Nordeste Kubogidagi g‘alaba so‘roq ostida qolmoqda. O‘shanda Alves «Baiya» safida o‘ynagan. Bundan tashqari 2018 yilgi Fransiya Superkubogi ham hisobga kiritilmagan, chunki Alves o‘sha o‘yinda «PSJ» qaydnomasidan joy olmagan. Shuningdek, Danining 2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Braziliya bilan chempionligi ham hisobga kirmaydi degan taxminlar mavjud.
Dani AlvesPumas KlubiMessi SovrinlarFutbolchi StatistikasiBaiya ChempionligiSuperkubok G‘alabasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar