2 005
Vadim Abramov: "Diyor Imomxo‘jayev hammani oldida haqorat qilgani uchun majlisni tark etdim"
Bugun PFL 2023 yilgi Superliga rejasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishda "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqani haqida xabar chiqdi. Bunga oydinlik kiritish uchun Vadim Abramovga qo‘ng‘iroq qildik.
- Yig‘ilishni tark etganingiz haqida xabar chiqdi. Bunga sabab nima?
- Sababi PFL bosh direktori hammani oldida meni haqorat qildi.
- O‘zidan-o‘zi haqorat qildimi?
- O‘sha yerda bo‘lgan murabbiylardan so‘rasangiz yaxshi bo‘lardi. Men gapirsam, noxolis bo‘lishi mumkin.
- Eshitishimizga qaraganda siz Superligada keyingi yil 16ta klub bo‘lishini taklif qilgansiz va shundan keyin janjal kelib chiqqan ekan. Shundaymi?
- Bilasizmi klublar soni 16ta bo‘lishi taklifi Samvel Babayan va Mirjalol Qosimov tomonidan ilgari surildi. Ammo PFL bosh direktori agar shunday bo‘lsa PRO ligadan Superligaga chiqadigan klublar qolmasligini aytdi va PRO liga klublarida pul yo‘qligini bildirdi. Shundan keyin men PRO ligada pul yo‘qligining Superligaga nima aloqasi borligini so‘radim.
Men 14ta klub kam dedim, 16ta yoki 20ta bo‘lsin deganim yo‘q. 14ta klub bo‘lsa o‘yinlar soni kam bo‘ladi dedim. Diyor Imomxo‘jayev menga siz terma jamoa haqida umuman gapirmang dedi va haqorat qildi. Shundan keyin majlisni tark etdim. Yig‘ilishni bosh murabbiylardan taklif va fikrlarni so‘rash uchun tashkil etishgandi. Men o‘z taklifimni aytdim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»