
Ikki yil avval ukrainalik og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Usikning boyligi 4 million dollar bo‘lgan.
Marca nashrining xabar qilishicha, Entoni Joshuaga qarshi birinchi jangdan keyin bu miqdor 13 millionga yetgan. Revanshdan keyin esa ukrainalikning boyligi 52 mln dollarni tashkil qilgan.
Bu faqat toza gonorarlarni hisoblagandagi pul. Bunda reklama va TV-translyatsiyalardan keladigan daromad ko‘rsatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik bir nechta kamarlar uchun kechgan ikki jangida ham britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etgandi.
Aleksandr UsikEntoni JoshuaBokschi BoylikJanglar TarixiSport YangiliklariUkraina Sporti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar