O‘rtoqlik uchrashuvida Kamerunni mag‘lub etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi 4 ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormagani haqida yozgandik.
O‘zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev "Telegram"dagi kanali orqali bu holat avval ham ikki bor takrorlangani haqida yozdi.
Ya’ni, vakillarimiz 2004 yilda ketma-ket Falastin (3:0), Iroq (1:0), Saudiya Arabistoni (1:0) hamda Turkmanistonga (1:0) qarshi bellashuvlarda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgan. Barcha bahslar rasmiy maqomda bo‘lgan va jamoamiz Ravshan Haydarov boshchiligida harakat qilgan.
Shuningdek, 2006-2007 yillar oralig‘ida ham Gonkong (0:0), Bangladesh (4:0), Qatar (2:0) va Ozarbayjon (0:0) bilan o‘yinlarda gol o‘tkazib yubormaganmiz. Bu safargi seriyaning dastlabki 3 qarama-qarshiligi Osiyo Kubogi saralashida o‘tkazilgan hamda Valeriy Nepomnyashiy qo‘l ostida o‘ynagan. Ozarbayjonga qarshi bellashuv o‘rtoqlik maqomida bo‘lib, jamoamizni Rauf Inileyev boshqargan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»