Neymar «Barselona»da qolishga qat’iy qaror qildi va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmaydi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar kataloniyaliklar safini joriy mavsum yakunida tark etmaslikka qaror qildi. Bu haqida "Uff.uz" xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi uning amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘yish maqsadida agenti, ya’ni otasidan boshqa klublardan kelidagan takliflarni ko‘rib chiqmaslikni so‘radi.
24 yoshli futbolchi “Barselona” safida o‘zini baxtiyor his qilmoqda va boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamayapti.
Manbaning ma’lum qilishicha, Neymar va klub o‘rtasida shartnomani yangilash borasida kelishuvga erishilgan. Biroq, bu haqida mavsum yakuniga qadar hech qanday rasmiy bayonot berilmaydi.
Avvalroq, Neymarning so‘nggi o‘yinlaridan norozi bo‘layotgan kataloniyaliklar rahbariyati uni sotish haqida o‘ylashni boshlagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing