07:00 / 28.09.2022
1 317

Ravshan Haydarov: "Urugvay, Argentina va Braziliya... Ular bilan o‘ynab, o‘sishga erishdikmi?"

Ravshan Haydarov: "Urugvay, Argentina va Braziliya... Ular bilan o‘ynab, o‘sishga erishdikmi?"
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi slovakiyaliklarga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida qatnashdi. Unda vakillarimiz Slovakiya ustidan yirik g‘alabaga erishishdi – 4:1.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov shogirdlari dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchishgandi.

- Yoshlar terma jamoamizning navbatdagi yig‘ini yakuniga yetdi. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Futbolchilarimizning harakatlaridan qoniqdingizmi?
- Albatta, yig‘indan qoniqish hosil qildim. Sentyabr yig‘inga boy oy bo‘ldi. Biz oy boshida Urugvaydagi turnirda Urugvay, Argentina va Braziliyaga qarshi bahs olib bordik. Ular bilan o‘ynab, o‘sishga erishdikmi yoki yo‘q, bu savolga javob topishimiz kerak edi. Mana Slovakiyaga qarshi bahsda yigitlar sekin-asta tajriba to‘plashayotgani va o‘zlariga ishongan holda harakat qilayotganliklari sezildi. Bu hisobda ham aks etdi.

Asosiysi, to‘xtab qolmaslik. Muhimi, bu o‘yinlarda natijadan ko‘ra sifat juda muhim. Ikki o‘yinda ikki xil taktikada harakat qildik. Yangi taktikalarni ham o‘zlashtirib boryapmiz. O‘yin davomida ham o‘zgarishlar qilishga urindik. Yigitlar o‘sish jarayonida. Xudo xohlasa, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yaxshi kechmoqda.

- Hali yana Coca Cola Superligasida tarkibga jalb qilishni istagan futbolchilaringiz bormi?
- Albatta, bor. Kimdir jarohat yoki boshqa sabab bilan tarkibdan tushib qolishi holatlari kuzatiladi. Shuning uchun 30 nafar bolani nazorat ostida ushlab, ularni keragida chaqirib, jamoaviy o‘yinni shakllantirib boryapmiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Urugvay, Argentina va Braziliya... Ular bilan o‘ynab, o‘sishga erishdikmi?"