
Italiya A Seriyasining 8-turi doirasidagi "Inter" - "Roma" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda rimliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi - 2:1.
O‘yindagi hisob maydon egalari tomonidan ochildi. 31-daqiqada Fediriko Dimarko gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, aniqrog‘i 39-daqiqada Paulo Dibala "bo‘rilar"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida Kris Smolling "Roma"ga g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi. Bahsning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlarga boy o‘tdi, biroq hisob boshqa o‘zgarmadi.
G‘alabadan keyin Joze Mourino shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 16 taga yetdi hamda turnir jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. "Inter" esa 12-ochko bilan 7-o‘rinni band etgan.
Ma’lumot o‘rnida qo‘shimcha qilamizki, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bahsda zaxirada qoldirildi.
Inter – Roma 1:2
Gollar: 1:0 – 30 Dimarko, 1:1 – 39 Dibala, 1:2 – 75 Smolling.
Inter – Xandanovich, Dumfris (Bellanova, 81), Acherbi, Shkrinyar, Bastoni (Gozens, 81), Dimarko (Karboni, 88), Chalxanoglu (Korrea, 77), Barella, Aslani (Mxitaryan, 77), Djeko, Martines.
Roma – Ruy Patrisiu, Chelik, Smolling, Manchini, Rojer, Spinatssola, Matich, Kristante, Dzanolo (Belotti, 86), Pellegrini (Kamara, 81), Dibala (Abraxam, 58).
Ogohlantirish: Dzanolo (54), Manchini (61), Smolling (65), Aslani (72), Korrea (87), Gozens (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar