
Biroz oldin, Turkiyada davom etayotgan jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya hamda O‘zbekiston termalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bahsda hamyurtlarimiz Qudrat Xudoyqulovning dubli Aziz Abdurahmonov goli evaziga yevropa vitse-chempionini 3:0 hisobida taslim etishga erishdi. Dastlabki turda esa Yevro-2021 bronza medali sohibi Polsha 3:1 natijasi bilan mag‘lub etilgandi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda polshaliklar Tanzaniyani yirik (3:0) hisobda ustun kelishdi. Shu tariqa, Rustam Mehmonov shogirdlari “o‘lim guruhi”da birinchi o‘rinni muddatidan oldin hal etgan holda 1/8 finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasiga keyingi bosqichda A/B/C/D guruhida 3-o‘rinni egallagan jamoalardan biri raqiblik qiladi. Mazkur raund bahslari 5 oktabrga belgilangan. Ungacha esa hamyurtlarimiz guruh bosqichidan o‘rin olgan oxirgi o‘yinini ertaga, 3 oktabr kuni autsayder Tanzaniyaga qarshi o‘ykazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.

O‘zbekistonJahon ChempionatiIspaniya TermasiO‘zbekiston TermasiRustam MehmonovQudrat Xudoyqulov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar