
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 9-turida «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari 2 oktabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv boshidayoq «shaharliklar» oldinga o‘tib oldi: Fil Fodenning aniq zarbasidan keyin hisob ochildi. 34 va 37-daqiqalarda Erling Holand ikkita gol urgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida Foden ham dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Antoni uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, «qizil iblislar»ning o‘yindagi dastlabki goliga muallif bo‘ldi.
64-daqiqada Holand o‘zining uchinchi, jamoasining beshinchi to‘pini kiritdi. 72-daqiqada Foden het-trik qayd etdi. 84-daqiqada Antoni Marsyal hisobni 6:2 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Marsyal penaltidan unumli foydalanib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:3.
«Manchester Siti» ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 20 taga yetkazib oldi va peshqadam «Arsenal»dan bir ochko ortga qolgan holda, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 12 ochko bilan 6-pog‘onada turibdi.
«Manchester Siti» — «Manchester Yunayted» 6:3
Gollar: 1:0 – 8 Foden, 2:0 – 34 Holand, 3:0 – 37 Holand, 4:0 – 44 Foden, 4:1 – 56 Antoni, 5:1 – 64 Holand, 6:1 – 72 Foden, 6:2 – 84 Marsyal, 6:3 – 90, penalti Marsyal.
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker (Serxio Gomes, 41), Ake, Akanji, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an (Lyaport, 75), de Bryuyne (Alvares, 75), Bernardu Silva, Grilish (Palmer, 75), Foden (Mahrez, 75), Holand.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Diogu Dalot, Varan (Lindelof, 40), Martines, Malasia (Shou, 46), Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktominey (Kazemiro, 59), Reshford (Marsyal, 59), Sancho (Fred, 70), Antoni.
Ogohlantirishlar: Diogu Dalot (2), Malasia (23), Brunu Fernandesh (80).
Manchester SitiManchester YunaytedFutbol O'yinlariPremer LigaGollar HisobiFoden Holand O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar