1 055
Ro‘ziqul Berdiyev: "Himoyada tartibli o‘ynab "Paxtakor"ga vaziyat yaratishga imkon bermadik"
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman! 90 daqiqa balki undan ham ko‘proqdir e’tiborni yo‘qotmasdan o‘ynadik. Himoyada tartibli o‘ynab "Paxtakor"ga vaziyat yaratishga imkon bermadik va qarshi hujumda judayam yaxshi harakat qildik. Ishtiyoq, taktik va jismoniy tomonlama raqibdan ustun keldik, shu sababli g‘alaba qozondik.
- Bahs avvlida Aliqulov va Mozgovoy to‘qnashib ketganda qanchalik xavotirlandingiz?
- Ular havodagi kurashlarda yaxshi o‘ynashadi. Birinchi navbatda ikkalasi maydonni tark etishidan qo‘rqdim. Sababi "Paxtakor" ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi va Aliqulov bugungi bahsda juda zarur edi. Shukurki o‘sha vaziyat biz uchun yaxshi tugadi va har ikkala futbolchimiz to‘liq o‘ynadi.
- Mateus Lima Kruz jamoaga kelganida ko‘p tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Bugun esa ancha faol bo‘ldi, uning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?
- Albatta bugun jamoaga yordam berdi, ko‘p mehnat qildi. To‘g‘ri Lima Kruz boshida kelganida jamoamiz o‘yiniga kirishib ketishiga vaqt kerak edi. Jismoniy holatini ham yaxshilab olishimiz kerak edi. Bugun uning va barcha futbolchilarimning o‘yinidan qoniqdim. Bugun ular maydonda katta ko‘lamdagi ishni bajarishdi. Himoyada hech qanday xatosiz o‘ynadik.
- "Paxtakor" safidagi eng xavfli futbolchi bu - Cheran. Bugun unga deyarli imkon berilmadi. O‘yindan oldin unga personal tarzda o‘ynash topshirig‘i bormidi?
- Cheran, Banashak, Hamrobekov va Alijonovga personal o‘ynadik. Hamrobekovga qarshi Bozorovni qo‘ydik, bu o‘zini oqladi. Hamrobekov birorta hujum boshlab bermadi. Ikkita markaziy yarim himoyachi esa Cheranni to‘xtatib qolishdi. Himoyachilarimiz Banashakni yaxshi "yopishdi".
- Jamoa bosimga tayyormi? Endi muxlislar chempionlikni talab qilishadi.
- Bosimga yigitlarimiz ko‘nikib borishmoqda. Ruhan ham o‘sib borishmoqda. Bosim katta bo‘lgan o‘yinlarda harakat qildik: bugun, OCHL pley-off, OCHL guruh bosqichi o‘yinlari. Yigitlarimiz bu o‘yinlarda bosimga bardosh berishdi.
- Kubok yarim finalida ham o‘ynaysizlar. O‘sha paytga kelib ikkalasidan birini tanlashga to‘g‘ri kelib qolmaydimi?
- Albatta oldimizda o‘yinlar bor, kubok o‘yinlari ham bor. Zaxira imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib har ikkala frontda oxirigacha kurashamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»