1 246
Shatskix "Paxtakor"da nimani o‘zgartirdi? "Nasaf"ga qanday ta’rif beradi? - Terma jamoamiz ustozi
Superliganing markaziy va muhim uchrashuvida “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Nasaf”ga mag‘lubiyatga uchradi. Chempionlik uchun kurashda asosiy nomzodlar bo‘lgan bu ikki klub o‘rtasidagi o‘yinning ahamiyatini biz aytmasak ham barcha yaxshi tushunib turgandi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi amaldagi chempionga qarshi puxta o‘yin namoyish etdi va haqli tarzda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Nasaf”ning taklif etgan o‘yiniga “Paxtakor” tayyor emas ekan. Butun uchrashuv mobaynida qarshiliklar o‘yinni nazorat qildi va “Sherlar”ga aytarli imkoniyat qoldirmadi.
“Paxtakor” – “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvni ko‘pchilik ko‘rdi. Albatta, odatga ko‘ra o‘yindan keyin qizg‘in muhokamalar boshlanib ketdi. Stadionda ham ko‘plab taniqli mutaxassislar bellashuvni bevosita kuzatib bordilar.
Jumladan, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham markaziy bahsni diqqat bilan tomosha qildi. Shu bois Ravshan Akmalovich “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yinidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin yoqdimi?
- Albatta, o‘yin yoqdi. Uning shiddati va bellashuvning ahamiyati kattaligi sababli juda jangovar bahs bo‘ldi. O‘ylaymanki, “Nasaf”ning tanlagan taktikasi o‘zini oqladi. Gol urganidan keyin himoyasini yanada mustahkamladi va juda tartibli o‘yin namoyish etdi. Qarshi hujumlarni kutib, reja asosida to‘p surdi. “Paxtakor”da afsuski rang-baranglik ko‘rinmadi. Nostandart harakatlar yetishmadi. Albatta, zaxiradan o‘yinchilar maydonga tushganidan so‘ng jamoa o‘yinida biroz jonlanish sezildi.
Lekin “Nasaf” juda tartibli va aqlli tarzda o‘yin ko‘rsatdi. Tabiiyki, ushbu uchrashuv qiymati olti ochkolik ahamiyatga molik edi. G‘alaba qozongan jamoa chempionlik uchun kurashda imkoniyatini yanada yaxshilab olishi lozim edi. Sh sababli bu ikkala jamoa uchun o‘ta muhim hisoblanardi. O‘ylaymanki, ushbu o‘yinda “Nasaf”ning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi baland ko‘rindi. Ular mas’uliyatni nihoyatda yaxshi his qilgan holda natijaga erishish uchun bor kuchini berishdi. Shuning uchun “Nasaf” g‘alaba qozondi.
“Nasaf”ning chempionlik imkoniyati
- Albatta, bu g‘alaba “Nasaf”ning chempionlik yo‘lidagi imkoniyatini ko‘tardi. Oldinda yana 6 ta tur bor. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Endi chempionlik imkoniyati “Nasaf”ning o‘z qo‘lida. Qarshiliklar ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” bilan uch ochkolik farqni yuzaga keltirdi. Shunga yarasha imkoniyatini ancha yuqorilab oldi. Bu yog‘iga “Nasaf” vaziyatga to‘g‘ri yondashib, g‘alabali o‘yinlarini davom ettirishga harakat qiladi.
Shatskix “Paxtakor”ni qanchalik o‘zgartiryapti?
- “Paxtakor” futbolchilari Shatskixning o‘yin uslubini asta-sekin tushunib, buni amalda tatbiq etishga harakat qilib boryapti. Meni xursand qilayotgani shuki, “Paxtakor”da iqtidorli yoshlarga imkoniyat berilyapti. Bu eng katta xursandchiligim. Masalan, himoya chizig‘ida Azmiddinovga imkoniyat berilyapti, asosiy tarkibda maydonga tushirilmoqda. U yomon o‘ynamayapti. Yana qator-qator yoshlar o‘sib kelmoqda. Bizning terma jamoamiz va U-23 termasidagi futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etilyapti.
Eng yaxshi o‘yinchilar haqida
- “Nasaf” jamoasidan himoya chizig‘i vakillarini alohida aytib o‘tgan bo‘lardim. Umar Eshmurodov ham, Xusniddin Aliqulov ham juda ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. “Paxtakor” tarkibida Odil Hamrobekov o‘yinni boshqarishga harakat qildi. Abbos Fayzullayev zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishga urindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»