date
views 1 185

Superliga. To‘purarlar jadvalida nima gaplar?

Superliga. To‘purarlar jadvalida nima gaplar?
Superliga 20-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Mazkur turda ham tomoshabinlar shiddatli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi.

O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Qizilqum" a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqov 11 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. 10 ta gol urgan "Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran ikkinchi pog‘onani band etgan.

Shuningdek, "Nasaf"ning yosh iqtidor sohibi Husain Norchayev va "So‘g‘diyona" yetakchisi Shohruz Norxonov 8 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Zoran Marushich ("Navbahor") ham 7 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatidan joy olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. To‘purarlar jadvalida nima gaplar?