
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 5 oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Manchester Siti» o‘z maydonida «Kopengagen»ni qabul qildi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Erling Holand hisobni ochdi. 32-daqiqada norvegiyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 39-daqiqada David Hocholava o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Riyod Mahrez penaltidan gol urib, hisobni yiriklashtirdi. 76-daqiqada esa Xulian Alvares yakuniy hisobni o‘rnatdi.
G guruhining ikkinchi o‘yinida «Borussiya D» «Sevilya» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E guruhida «Chelsi» «Milan» bilan bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar safida Uesli Fofana, Per-Emerik Obameyang va Ris Jeymslar gol muallifiga aylandi.
«Real» Ukrainaning «Shaxtyor»iga qarshi maydonga tushdi. 13-daqiqada Rodrigo madridliklarning dastlabki goliga mualliflik qildi. 28-daqiqada Vinisius Junior hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 39-daqiqada Oleksandr Zubkov hisobni qisqartirdi. Ammo bu gol yetarli bo‘lmadi. Yakunda «qaymoqranglilar» 2:1 hisobida zafar quchdi.
H guruhida «Yuventus» nihoyat g‘alaba nashidasini surdi. Turinliklar «Makkabi»ni 3:1 hisobida taslim etdi. «Yuventus» safida Adrien Rabo dubl qayd etgan bo‘lsa, Dushan Vlahovich bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «PSJ» «Benfika» bilan murosa ko‘chasini tanladi. 22-daqiqada Lionel Messi tomonidan urilgan golga Portugaliya jamoasi 41-daqiqada javob qaytardi. Aniqrog‘i, parijliklar futbolchisi Danilu avtogol urib, hisob tenglashishiga sababchi bo‘ldi.
«Manchester Siti» – «Kopengagen» 5:0
Gollar: 1:0 – 7 Holand, 2:0 – 32 Holand, 3:0 – 39 Hocholava (avtogol), 4:0 – 55 Marez (penalti), 5:0 – 76 Alvares.
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu (Lyuis, 57), Lyaport, Ruben Diash, Serxio Gomes, Grilish, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva (Uilson-Esbrand, 66), Mahrez, Holand (Palmer, 46), Alvares.
«Kopengagen»: Grabara, Diks (Ankersen, 66), Hocholava, Vavro, Kristiansen, Lerager (Sorensen, 79), Youhannesson, Stamenich, Klasson (Mukayru, 66), Darami (Haraldsson, 55), Karamoko (Lund, 46).
Ogohlantirish: Stamenich (54).
«Real» – «Shaxtyor» 2:1
Gollar: 1:0 – 13 Rodrigo, 2:0 – 28 Vinisius Junior, 2:1 – 39 Zubkov.
«Real Madrid»: Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Valverde, Tchuameni (Kamavinga, 75), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 80).
«Shaxtyor»: Trubin, Konoplya, Matvienko, Bondar, Mixaylichenko, Mudrik, Stepanenko (Traore, 88), Sudakov (Djurasek, 88), Bondarenko, Shved (Petryak, 67), Zubkov (Sikan, 67).
Ogohlantirishlar: Bondar (55), Mudrik (90).
«Chelsi» – «Milan» 3:0
Gollar: 1:0 – 24 Fofana, 2:0 – 56 Obameyang, 3:0 – 61 Jeyms.
«Chelsi»: Arrisabalaga, Jeyms, Tiago Silva, Kulibali, Fofana (Chaloba, 38), Chiluell, Kovachich (Jorjino, 66), Loftus-Chik, Maunt (Havers, 74), Obameyang (Gallaher, 65), Sterling (Broya, 75).
«Milan»: Teterushanu, Dest, Tomori, Kalulu, Ballo-Ture, Krunich (Gabbiya, 65), Bennaser (Pobega, 73), Tonali, de Ketelare (Rebich, 65), Jiru (Origi, 73), Rafael Leau (Braim Dias, 72).
Ogohlantirishlar: Krunich (7), Ballo-Ture (14), Kovachich (39), Tomori (42), Tiago Silva (71).
«Yuventus» – «Makkabi» 3:1
Gollar: 1:0 – 35 Rabo, 2:0 – 50 Vlahovich, 2:1 – 75 David, 3:1 – 83 Rabo.
«Yuventus»: Shensni, Danilo, Bremer, De Shilyo (Aleks Sandro, 46), Paredes (Miretti, 85), Rabo, Makkenni, Kuadrado (Bonuchchi, 67), Di Mariya, Kostich (Lokatelli, 66), Vlahovich (Kin, 73).
«Makkabi»: Koen, Sundgren, Batubinsika, Goldberg, Sek, Kornyu (Haziza, 60), Sheri, Abu-Fani (Lavi, 72), Al-Faz (Rukavisa, 84), Shibota (Asili, 60), Perro (David, 72).
Ogohlantirishlar: Shibota (52), Aleks Sandro (80).
«Benfika» – «PSJ» 1:1
Gollar: 0:1 – 22 Messi, 1:1 – 41 Danilu Pereyra (avtogol).
«Benfika»: Vlahodimos, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Grimaldo, Joau Mariu, Rafa Silva, Florentinu, Fernandes (Eursnes, 78), Neres (Pinyo, 90), Gonsalu Ramush (Draksler, 78).
«PSJ»: Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos, Mendesh (Bernat, 67), Verratti, Vitinya (Fabian Ruis, 87), Messi (Sarabiya, 81), Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Fernandes (45), Gonsalu Ramush (70), Neymar (90), Fabian Ruis (90), Verratti (90).
«Sevilya» – «Borussiya D» 1:4
Gollar: 0:1 – 6 Gerreyru, 0:2 – 41 Bellinghem, 0:3 – 43 Adeyemi, 1:3 – 51 En-Nesiri, 1:4 – 75 Brandt.
«Leypsig» – «Seltik» 3:1
Gollar: 1:0 – 27 Nkunku, 1:1 – 47 Jota, 2:1 – 64 Andre Silva, 3:1 – 77 Andre Silva.
«Zalsburg» – «Dinamo» Zagreb 1:0
Gol: 1:0 – 71 Okafor (penalti).
FutbolYevropa Chempionlar LigasasiManchester SitiKopengagenReal MadridShaxtyorYuventusMakkabiBenfikaPSJSevilyaBorussiya D O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar