00:27 / 08.10.2022
1 380

Amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati: O‘zbekiston yarim finalda to‘xtatildi

Amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati: O‘zbekiston yarim finalda to‘xtatildi
Bir necha daqiqa oldin amputantlar futboli bo‘yicha Turkiya mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionatida yarim final uchrashuvi doirasidagi Turkiya - O‘zbekiston bahsi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan bahsda vakillarimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:1.

Shu tariqda O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi final ostonasida to‘xtatildi. Ikkinchi yarim finalda esa Angola Gaitini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Turkiya - O‘zbekiston 1:0

JCH-2022'dagi O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi
: 1. Qudrat To‘raxo‘jayev (darvozabon), 12. Qudrat Sattorov (darvozabon), 21. Sunnatjon Ergashev (darvozabon), 3. Nuritdin Tursunov (himoyachi), 11. Azizjon Azimov (himoyachi), 2. Behzod Hakimov (himoyachi), 5. Nizom Mamasoliyev (himoyachi), 4. Haydarali Tursunboyev (yarim himoyachi), 14. Umidjon Sirojdinov (yarim himoyachi), 15. Zafar Nosirov (yarim himoyachi), 7. Qudrat Xudoyqulov (hujumkor yarim himoyachi), 6. Umidjon Abduhalimov (hujumkor yarim himoyachi), 17. Ulug‘bek Toshpo‘latov (hujumchi), 10. Aziz Abdurahmonov (hujumchi), 8. Abdujamil Shukurov (ham hujum ham himoyada o‘ynaydi, sardor, besh karra jahon chempioni).

Bosh murabbiy: Rustam Mehmonov.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Gaiti termasiga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin 9-oktabr kuni o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amputantlar o‘rtasida Jahon chempionati: O‘zbekiston yarim finalda to‘xtatildi