Evropa ligasi: "Liverpul" mag‘lub bo‘ldi. "Sevilya" va "Shaxtyor" da durang
Evropa Ligasi musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Vilyarreal” o‘z maydonida “Liverpul” bilan, “Sevilya” esa safarda “Shaxtyor” bilan bahs olib bordi.
“Vilyarreal” so‘nggi soniyalarda kiritilgan yagona gol evaziga “Liverpul”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Sevilya” jangovar ruhda o‘tgan bellashuvda “Shaxtyor” bilan 2:2 hisobini qayd etdi, deb xabar beriladi "Darakchi" nashrida.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 5 may kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin final yo‘llanmasini olgan jamoalar aniq bo‘ladi.
Evropa Ligasi, 1/2 final. Dastlabki uchrashuvlar
Vilyarreal (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Adrian.
Ogohlantirish: Kosta (60).
Shaxter (Ukraina) – Sevilya (Ispaniya) 2:2
Gollar: 0:1 – 6 Vitolo, 1:1 – 23 Marlos, 2:1 – 35 Stepanenko, 2:2 – 82, penalti Gameyro.
Ogohlantirishlar: Eskudero (27), Karrisu (40), Krыxovyak (48), Malishev (89), Srna (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing