22:00 / 09.10.2022
1 385

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz"
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" (1:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"O‘yin doim 90 daqiqa davom etadi, ammo bugun taxminan 30 daqiqa futbol o‘ynadik. Odatda 40 daqiqa bo‘lardi. Bellashuvning o‘ziga keladigan bo‘lsak, hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz. O‘ylashimcha, bugun ham shunday bo‘ldi. Ko‘rdingiz, Oybek Bozorov yiqitilgan paytda VAR nima qilganini.

Hisobni yirikroq ko‘rinishga keltirishimiz kerak edi. Ikkinchi taym boshida bir nechta vaziyatlar bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Shuning uchun ochko yo‘qotdik deb o‘ylayman".

- Bahrom Abdurahimov va Sharof Muhitdinovning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?
- "Ularning har ikkisida jarohat bor. Shu sababli bugungi bahs qaydnomasiga kiritilmadi".

- "Nasaf"da juda ko‘p imkoniyat bo‘lyapti, ammo futbolchilar undan foydalana olmayapti. Bunga nima sabab bo‘lyapti: mahorat yetishmayaptimi, hayajonmi yoki boshqa vaj bormi?
- "Siz aytgan holatlar ham bo‘ladi, lekin bundan tashqari bizning maydonimizdagi bellashuvlarda raqiblar ko‘proq himoyaviy o‘yin namoyish etadi. Bu ba’zida hujumchilarimizning jarima maydonida yorib kirishini qiyinlashtirmoqda. Shuning uchun yigitlarda standart vaziyatlardan maksimal foydalanish kerakligini ta’kidlagandim. Dastlabki daqiqalarda burchak zarbalari va standartlardan ko‘plab vaziyatlar yaratdik, afsus foydasi bo‘lmadi.
O‘ylaymanki, hammaning kayfiyati yaxshi. Muxlislarni ham tushunaman. Hali oldimizda o‘yinlar bor va oxirigacha kurashamiz".

- AGMKga qarshi yarim final uchrashuvi ham katta sinov...
- "Bu bosqichda oson raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Biz faqat final haqida o‘ylaymiz!".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Hakamlarning qaroridan ko‘p jabr ko‘ryapmiz"