
Qozog‘iston terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan rossiyalik mutaxassis Magomed Adiyev yaqinda Sports.uz saytiga bergan eksklyuziv intervyusida bizning futbolimiz haqida ham fikr bildirgan bo‘lib, undan bir parchasini keltirib o‘tamiz.
"O‘zbek futboli haqida gapiradigan bo‘lsam, unda mahoratli o‘yinchilar va murabbiylar borligini aytishim mumkin. Hozir ham o‘zbek o‘yinchilari milliy chempionatda porlashgach, boshqa chet ligalariga yo‘l olishmoqda. O‘z vaqtida men ham futbolchi sifatida yurtingizdan chiqqan o‘yinchilarga qarshi bir necha marta to‘p surganman. Masalan, Mirjalol Qosimovga qarshi. U juda iqtidorli futbolchi bo‘lgan.
Umuman, yurtingizdan bunday iqtidor egalari ko‘plab yetishib chiqqan va bu jarayon davom etyapti. Futbol qaysi mintaqada o‘ynalmasin, bari men uchun qiziq. Baxtga qarshi shu kungacha yurtingizga tashrif buyurish menga hali nasib etganicha yo‘q. Umid qilamanki, kunlardan bir kun kelib albatta O‘zbekistonga tashrif buyuraman va tarixiy shaharlaringizni obdon aylanib chiqmoqchiman", - degandi Magomedov Musayevich.
Qozog‘iston Terma JamoasiO‘zbek FutboliMagomed AdiyevEksklyuziv IntervyuIqtidorli FutbolchilarMilliy Chempionat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar