08:22 / 11.10.2022
1 543

Dibala afsusda. Uning qanchaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi!

Dibala afsusda. Uning qanchaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi!
“Roma” yetakchisi Paulo Dibala “Lechcha”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda penaltini aniq bajarib jamoasiga g‘alaba keltirdi. Biroq zarba berish chog‘ida son mushaklarini shikastlab oldi va maydonni erta tark etdi.

Rim klubi tibbiyot xodimlari argentinalik yulduzni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Futbolchining son qismi mushagi qattiq shikastlangani aniqlanib, jarohati og‘irligi tasdiqlandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu darajadagi jarohatni davolash uchun 4-8 hafta talab etiladi. Katta ehtimol bilan Dibala jahon chempionatida ham ishtirok etolmaydi. Chunki yaqinda jarohatdan oyoqqa turgan futbolchi bu gal eng tezi bilan bir oyda tuzalganidan keyin ham formasini tiklab olishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Qatardagi jahon chempionati 20 noyabr kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dibala afsusda. Uning qanchaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi!