Foto: Getty Images
Argentinalik futbolchi Diyego Maradona tomonidan 1986 yilgi jahon chempionatida Angliya darvozasiga qo‘li bilan yo‘llangan to‘p auksionga qo‘yildi. Bu haqda Graham Budd Auctions xabar bermoqda.
To‘p ushbu o‘yinni boshqargan tunislik hakam Ali bin Nosir tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Auksion 16 noyabr kuni o‘tkaziladi va to‘p 2,5 – 3 million funtga sotilishi mumkin.
Foto: grahambuddauctions.co.uk
Maradona JCH-1986 chorakfinalida Argentina va Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 51-daqiqasida futbol tarixidagi eng mashhur gollardan birini urgan edi. U jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni baland sakrab, mushti bilan darvozaga kiritdi. Buni payqamagan bosh hakam golni inobatga oldi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Maradona to‘pni qo‘li bilan urganini tan olib, «gol qisman Maradonaning boshi, qisman Tangrining qo‘li bilan urildi» degan edi.
Maradonaning ushbu goli o‘yin taqdirini hal qildi va Argentina 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinalga chiqdi. Angliya esa uyiga ravona bo‘ldi. Yakunda Argentina jahon chempionatida g‘alaba qozondi.
Futbolchi Diyego Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi, uning o‘limiga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, bu esa o‘pka shishiga olib kelgan. Futbolchilik faoliyati davomida u «Napoli», «Sevilya», «Barselona» kabi jamoalar hamda Argentinaning bir qancha klublari hamda milliy jamoasida o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin