14:33 / 15.10.2022
1 460

Ronalduni bir gap bilan “o‘chirib” qo‘ygandi!

Ronalduni bir gap bilan “o‘chirib” qo‘ygandi!
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Patris Evra o‘sha davrda manchesterliklarni boshqargan ser Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduni qanday qilib gol mashinasiga aylantirganini gapirib berdi.

- Men Fergyuson bir marta Ronalduni bitta gap bilan “o‘chirib” qo‘yganini eslayman. Adashmasam, o‘shanda Krishtianu “Chelsi”ga qarshi bahsda yaxshi o‘ynay olmagandi. O‘shanda Fergyuson Ronalduga: “Bolton” va “Blekbern”ga qarshi xet-trik qilish oson, katta o‘yinlarda qo‘lingdan nima keladi?” degan.

Shu suhbatdan keyin portugaliyalik futbolchi katta klublarga ham gol ura boshladi. Sekin-asta o‘zgarib bordi. Fergyuson bosim qilishni to‘xtatgani yo‘q. Ronalduga u hujumchi ekanini, salohiyati unga har bir bahsda ikki-uchta gol urishga yetishini aytdi. Ser Aleks Ronalduning fintlari, driblinglari, qanotdagi o‘yini uni qiziqtirmasligini bildirdi. “Bularni barini unut, sen gol urishing kerak xolos”, dedi.

O‘sha mavsumda Ronaldu 42 ta to‘p kiritdi. Endi u chiroyli o‘yin, ajoyib dribling va fintlari bilan muxlislarga yoqish uchun emas, gol urish maqsadida o‘ynay boshlagandi. Uning gol mashinasiga aylanishida ser Aleks Fergyusonning xizmati katta, - dedi Patris Evra.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduni bir gap bilan “o‘chirib” qo‘ygandi!