“Roma” yozda bir necha futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olganiga qaramay, jangovar tarkibni shakllantirishda jiddiy mummolarga duch kelmoqda. Bunga yetakchi o‘yinchilarning ko‘p jarohat olayotgani, Paulo Dibala va Jorjino Veynaldum kabi yangi taklif etilganlarning uzoq muddatga safdan chiqqanini asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Ayniqsa, argentinalik yulduzning ketma-ket ikki marta shikastlangani va ikkinchi jarohati jiddiy bo‘lib chiqqani “Roma”ni murakkab vaziyatga solib qo‘ydi. Chunki Dibala A Seriya va Yevropa ligasining dastlabki o‘n bitta o‘yinida yettita gol va ikkita assist bilan jamoaning eng kuchli o‘yinchisiga aylangandi.
Endi Joze Mourino hujum chizig‘ida o‘zgartirishlarni amalga oshirishga majbur bo‘lmoqda. Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsumda 3-4-1-2 sxemasidan foydalanmoqda. “Bo‘rilar” moslashib olgan va ancha samarali hisoblangan bu taktik sxemada maydonda bir vaqtning o‘zida ikkita hujumchi to‘p tepishi kerak.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabi tomonidan tayyorlangan ikkinchi taktika – 3-5-2 sxemasida ham Mourino bir juft hujumchini boshlanhich tarkibda maydonga tushirishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Dibalaning jarohati tufayli Mourino boshchiligidagi murabbiylar bu muammo yechimini asli markaziy yarim himoyachi bo‘lgan Nikolo Dzanologa markaziy hujumchi vazifasini yuklashda ko‘rmoqda. Ayni paytda “Roma”da uch nafar markaziy hujumchi – Temmi Abraxam, Andrea Belotti va Eldor Shomurodov bor. Legionerimiz ikki hamkasbi farqli o‘laroq , chap va o‘ng qanot hujumchisi vazifasini ham bajara oladi.
Biroq, Joze Mourino bir necha pozitsiyada harakat qila oladigan Shomurodovga ishonch bildirmasdan, aslida hamyurtimizga tegishli bo‘lgan vazifani Nikola Dzaologa yuklamoqchi. 23 yoshli italiyalik futbolchi universal hisoblanadi. U shu paytga qadar o‘zi moslashgan o‘ng qanotdan va markaziy yarim himoyadan tashqari, hujumchi ortida va hujum markazida ham o‘ynagan. Shuningdek, Dzanolo pleymeyker vazifasini ham yaxshi uddalaydi.
Corriere della Sera gazetasining yozishicha, poytaxt klubi murabbiylar shtabi Dzanologa markaziy hujumchi vazifasini yuklash bo‘yicha yakuniy qaror kelib bo‘lgan. Mutaxassislar bu sxema Nikologa ko‘proq gol urish imkonini berishini ta’kidlamoqda.
Joze Mourinoning bu qaror Shomurodovning o‘ynash imkonini yanada kamaytiradigan ko‘rinadi. O‘zbekistonlik muxlislarga yoqmaydigan jihati Eldor aynan o‘ynaydigan yoshda zaxirada qolib ketmoqda.
Mavsum boshlanganiga uch oydan o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori A Seriya va Yevropa ligasida atigi to‘rt marotaba maydonga tushib, jami 60 daqiqa harakat qildi xolos.
Eldorning o‘yindan tashqari holatda qolib ketayotganidan foydalanib qolmoqchi bo‘layotgan “Bolonya” va “Torino” hamyurtimizni qishki transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Bu borada “Roma” sport direktori Tyagu Pinto klub rahbariyati qarorini aniq va lo‘nda qilib, bildirdi.
- Andrea Belotti asosiy tarkibda paydo bo‘lganidan keyin “Roma” Eldor Shomurodovni sotib yuborishi mumkinligi haqida so‘rayapsizmi? Eldor ham xuddi Belotti singari Rimda qoladi, - deb ta’kidladi Tyagu Pinto ommaviy axborot vositalari xodimlariga.
Demak, Shomurodovning kelajagi qanday davom etishi hali to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin