O‘zbekistonlik yana bir sportchida doping aniqlandi

O‘zbekistonlik yana bir sportchida doping aniqlandi
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Samandar Sultonovning doping-sinamasida testesteron taqiqlangan moddasi aniqlanganligi sababli, velosportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ma’lum qildi.

"Sportchi 2022 yil 9 may kunidan boshlab shu kunga qadar erishgan barcha natijalari va reyting ochkolari, shu jumladan, 2022 yildagi Osiyo chempioni unvonidan ham mahrum bo‘ldi", - deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq o‘zbekistonlik bokschi Xurshidbek Rasuljonovning doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlanganligi sababli, u 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingani haqida ham xabar bergan edik.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar