“Barselona” yanvarda katta transferga qo‘l uradi

“Barselona” yanvarda katta transferga qo‘l uradi
Barselona” bosh murabbiyi Xavi ErnandesManchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silvaning mahoratini yuqori baholamoqda va kataloniyaliklar portugaliyalik o‘yinchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Yozda “Barsa” Silvani olmoqchi bo‘lgandi, biroq “shaharliklar” bu transferga to‘sqinlik qildi. Endi kataloniyaliklar o‘z fikridan qaytmaganini ko‘rsatmoqda.

“Barselona” manchesterliklarga bu o‘yinchi uchun 55 million yevro va turli bonuslar taklif etmoqda. Shunga qaramay, bu transferni amalga oshirish ancha murakkab ish hisoblanadi.

Xosep Gvardiola 28 yoshli futbolchi jamoa uchun muhim ekanini ta’kidlamoqda. Bu vaziyatda ko‘p narsa Bernarduning tanloviga bog‘liq bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar