Ispaniya Primerasi, 36-tur: "Real" "Real Sosyedad"ni mag‘lub etib, Primerada 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya Primerasi, 36-tur: "Real" "Real Sosyedad"ni mag‘lub etib, Primerada 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Ispaniya Primerasi, 36-tur: "Real" "Real Sosedad"ni mag‘lub etib, Primerada 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya Primerasi 36-turida "Real Sosyedad" o‘z maydoni "Anoeta"da Madridning "Real"ini kutib oldi. Uchrashuv madridliklarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Real" yetakchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordilar. Uchrashuvdagi yagona golni 80-daqiqada Garet Beyl kiritdi.

"Real" 84 ochko to‘plab, "Atletiko" va "Barselona"ni 2 ochko ortda qoldirib, musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda. Biroq "matraschilar" va kataloniyaliklar hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmadilar. "Real Sosyedad" 42 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 36-tur
Real Sosyedad – Real Madrid – 0:1
Gol: Beyl, 80 (0:1).


Manba: Kun.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar