A Seriyada katta tarixga ega klublardan biri – “Torino” joriy mavsumda gol urishga qiynalmoqda. Turinliklarning A Seriyaning dastlabki o‘nta uchrashuvida atigi sakkizta to‘p kiritgani jamoa hujum chizig‘ida yetarli muammolar borligini ko‘rsatmoqda.
Klub rahbariyati yozda erkin agent sifatida jamoadan ketgan keyingi yillarning asosiy to‘purari Andrea Belottining o‘rniga malakali hujumchi bilan to‘ldira olmadi. Poytaxtliklar bu kamchilikni qishda to‘ldirmoqchi.
Andrea Belotti “Torino”dagi yetti yillik faoliyati davomida 251 ta uchrashuvda 113 ta gol muallifi bo‘lgandi. Klub yangi mavsumda Belottining o‘rinbosari bo‘lib kelgan Antonio Sanabriya va Petro Pellegriga ishongandi. Biroq, faqatgina Sanabriya chempionat boshlanganidan beri atigi ikkita gol ura oldi xolos.
“Torino” yanvarda markaziy hujumga kuchli forvard olmoqchi. Klub sport direktori Davide Vagnati bir necha nomzoddan iborat ro‘yxatni klub rahbariyatiga taqdim edi. Hozir shular bilan tanishib chiqamiz:
Andrea Petanya – “Monsa”
27 yoshli Petanya “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini Italiyada o‘tkazgan. Bu markaziy hujumchi “Milan”dan keyin “Sampdoriya”, “Askoli”, “Vichensa”, “Atalanta”, “SPAL”, “Napoli”da o‘ynagan. Hozir ham Andrea neapolliklarning doimiy a’zosi hisoblanadi va “Monsa”da ijara asosida o‘ynamoqda.
Joriy mavsumda A Seriyada besh marta maydonga tushib, hali o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Italiya kubogida esa, bitta o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Petanyaning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Agar tajribali forvardning o‘yini “Monsa”ni qoniqtirsa, bu klub mavsum tugashi bilan uni sotib olish huquqiga ega.
Uilyam Boving – “Shturm Gras”
Boving Daniyaning “Kopengagen” klubida tarbiyalangan. Yozda Avstriya chempionatiga ko‘chib o‘tdi. 19 yoshli futbolchi har ikki qanot va hujum markazida o‘ynay oladi. Yevropa ligasida to‘rtta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilganidan keyin Uilyam xorij klublari e’tiboriga tushdi.
Uning transfer narxi 2,5 million yevroni tashkil qilayotgani Yevropa klublariga bu hujumchini muammosiz sotib olish imkonini beradi.
“Shturm Gras” bu futbolchi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan.
Eldor Shomurodov – “Roma”
Ta’kidlash joizki, turinliklar o‘zlari yozdan beri qiziqish bildirib kelayotgan Eldor Shomurodovni asosiy nishon sifatida belgilagan. Mourino yozgi transferlar vaqtida o‘zbek hujumchisini hech qaysi jamoaga qo‘yib yubormaganiga yarasha hali "Roma"da yetarli imkoniyat ham berayotgani yo‘q.
Portugaliyalik murabbiy o‘yinlarda markaziy hujumchi sifatida asosan asosan Temmi Abraxam va Andrea Belottidan foydalanishni ma’qul ko‘rmoqda.
Legionerimiz A Seriya va Yevropa ligasida jami to‘rtta uchrashuvda atigi 60 daqiqa to‘p tepib, “Ludogores” darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagandi. “Torino” Eldorni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni mo‘ljallamoqda.
“Roma”ning o‘zbek hujumchisiga o‘yin amaliyoti bermayotgani qishda uni so‘rab murojaat qiluvchi jamoalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. “Torino”dan tashqari, “Bolonya” ham yanvarda Shomurodov bo‘yicha muzokara boshlamoqchi. Bu klub ham hamyurtimizga asosiy tarkibdan muqim joy berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi