
“Manchester Yunayted”da bosh murabbiy Erik ten Xag va jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyat ko‘pchilikka Joze Mourinoning jahon futbolida nufuzli futbolchilar bilan ishlash haqidagi fikrlarini eslatib yubordi.
Portugaliyalik mutaxassis bergan intervyusida jahon darajasidagi ijrochilar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlarini tilga olgan.
Ronalduga “Real”da ustozlik qilgan Joze Mourino shunday degan edi: - Agar sen top-o‘yinchilarni boshqara olmasang, umuman biror joyda murabbiylik qilolmaysan. Murabbiy uchun qo‘l ostidagilarni futbol o‘ynashga o‘rgatish kerak emasligini tushunib yetish juda muhim.
Sen Ronalduni jarima zarbasini qanday berishga, Ibrohimovichni ko‘krakda to‘pni qanday to‘xtatishga, Drogbani havoda qanday gol urishga o‘rgata olmaysan.
Sening asosiy vazifang ularni aniq bir jamoada qanday harakat qilish va shunga yarasha o‘ynashni o‘rgatishdan iborat, - dedi Joze Mourino. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar