«Manchester Siti» safarda yutqazdi va 4-o‘ringa tushib ketdi


Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan "Sautgempton" hamda "Manchester Siti" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.
Unda 4:2 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Sautgempton" tarkibida Long bitta gol urdi. Mane esa, uch marta darvozani ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etdi. "Shaharliklar" tarkibida ikki golni ham Ixeanacho kiritdi.
Mazkur mag‘lubiyat "Siti"ni 4-o‘ringa tushirib yubordi. "Arsenal" undan oldinga o‘tib ketdi.






























Izohlar 0
…