1 286
Bahodir Jalolov: maqsadim - chempionlarni tayyorlab, O‘zbekiston boks taraqqiyotiga hissa qo‘shish
O‘zbekistonning boks bo‘yicha xalqaro darajadagi yutug‘i kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur sport turini yanada keng ommalashtirish va “ustoz-shogird” an’anasi orqali yosh bokschilarni yetishtirish maqsadida professional bokschilarning maktablari, xususan, prezident qarori bilan boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etilmoqda.
Bahodir Jalolov boks bo‘yicha jahon chempioni (2019), 3 karra Osiyo chempioni (2017, 2019, 2021), Jahon kubogi sohibi (2015), Tokio-2020 yozgi Olimpiada o‘yinlari chempioni sanaladi.
Bokschi Bahodir Jalolov Sputnik muxbiri bilan suhbatda yangi ochilgan boks maktabi, o‘zining kelajakdagi maqsadlari haqida so‘zlab berdi.
“Boks maktabini ochishni oldindan rejalashtirib yurardim. Tokio-2020 yozgi Olimpiada o‘yinlarida chempion bo‘lganimdan so‘ng, yurtboshimiz mazkur maktabni ochishga rasman ruxsat berdilar. Maqsadim – yosh professional chempion bokschilarni tayyorlab, O‘zbekiston boks taraqqiyotiga hissa qo‘shish”, - deydi boks bo‘yicha jahon chempioni Bahodir Jalolov.
Boks maktabiga 5-sinfda o‘qiydigan 25 ta bola qabul qilingan. Hozirda barcha mashg‘ulotlar Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilmoqda.
Bahodir Jalolov boks maktabidagi mashg‘ulotlar
Boks maktabi uchun maxsus binoni qurish boshlangan. Keyingi yil sentyabr oyida topshirish rejalashtirilgan. Maktabda jami 5-11-sinflar o‘quvchilaridan iborat 175 nafar bola o‘qitilishi rejalashtirilgan.
“Men boks maktabida bolalarni bepul qabul qilaman, ulardagi boksga bo‘lgan qiziqish va o‘zidagi mahoratga qarab saralab olaman. Hozir o‘quv yilining boshi bo‘lganligi uchun turli imtiyozlar yo‘q, biroq kelajakda bolalarning yutuqlariga qarab imtiyozlar belgilaymiz”, - deydi bokschi.
Boks maktabi o‘quvchilarini yashash uchun jihozlar, kunlik oziq-ovqat me’yori, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan ta’minlashda oliy mahorat sport maktablarining normativlari bo‘yicha amal qilinadi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi nazoratida olib boriladi.
Bahodir Jalolov boks maktabidagi mashg‘ulotlar
Mashg‘ulotlarni asosan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichev olib boradi. Shuningdek, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji murabbiylari ham bolalarga boks sirlarini o‘rgatishadi.
“G‘alaba o‘z-o‘zidan kelmaydi, men qachon katta jangga chiqmoqchi bo‘lsam, avvalo ruhiyatimni va so‘ng tanamdagi kuchimni hisobga olaman. Bolalar bilan ham shug‘ullanayotganda ularda g‘alabaga bo‘lgan ichki ishonchni uyg‘otaman. Hozir ular faqat o‘qishi va tinimsiz mashq qilishlari lozim”, - deya ta’kidladi Jalolov.
Bahodir Jalolov 2019 yilda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda 2021 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi