
Bu vaziyatga jurnalist va insayder Shahboz Beg‘amov o‘z telegram kanalida to‘xtalib o‘tdi.
"Superliga yakunlariga ko‘ra «Nasaf», «Paxtakor» va «Navbahor»ning ochkolari soni teng bo‘lib qolsa, unda ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi to‘plagan ochkolari, to‘plar nisbati va kim o‘zaro o‘yinlarda ko‘proq gol urganiga qaraladi.
Deylik shunday bo‘lsa, unda reglament bo‘yicha chempion jamoa nomi «Paxtakor» va «Navbahor» o‘rtasidan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga tayanib tanlanadi.
«Nasaf», «Paxtakor» va «Navbahor»ning o‘zaro o‘yinlarida kim qancha ochko jamg‘argan?
- "Paxtakor" — 5 ochko;
- "Nasaf" — 5 ochko;
- "Navbahor" — 5 ochko.
To‘plar nisbatiga ko‘ra «Nasaf»da ko‘rsatkich eng yomoni 1-1.
«Paxtakor» va «Navbahor»da esa 2-2 dan bir xil ko‘rsatkich.
Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga esa umumiy holatdagi to‘plar nisbati, kim ko‘p gol urgani, sariq va qizil kartochkalar o‘rtaga tushadi", - deb yozadi Shahboz Beg‘amov o‘z telegram kanalida.
SuperligaShahboz Beg‘amovPaxtakorNasafNavbahorChempionlik Qoidalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar