
Coca Cola Superligasining 23-turidan o‘rin "Qo‘qon-1912" — "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
"O‘yin ancha jonli ruhda o‘tdi. Birinchi taymda ham, ikkinchi taymda ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Dastlab o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik, so‘ngra hisobni tenglashtirdik, keyinchalik yana gol urishimiz mumkin edi. Biroq mahorat bizga pand berdi. Barcha yigitlar g‘alaba qozonishni xohlagandi. Futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan jumla bejizga ishlatilmaydi. O‘yin 1:1 hisobida davom etayotganda ikkita yaxshi vaziyatdan foydana olmadik, mezbonlar esa yaratilgan vaziyatdan gol urib, g‘alabani o‘zlari bilan olib ketishdi. Shunday ekan, "Qo‘qon-1912" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.
- "So‘g‘diyona" mavsumni muvaffaqiyatli boshlagandi, ammo so‘nggi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayapti...
- Bu yerda ko‘p faktorlar bor: yigitlardagi ruhiy charchoq, o‘zlariga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi. Ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz va ikkita yarim finalda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishimiz bizga og‘ir ta’sir o‘tkazdi. Buni murabbiylar shtabi va futbolchilar og‘ir qabul qilishdi. O‘yinlardan keyin tiklanish qiyin bo‘ldi. Uchrashuv bo‘yicha mag‘lub bo‘lsak boshqa gap edi. Shunga qaramay, hayot davom etadi, xatolar ustida ishlaymiz va klub qo‘ygan vazifalarni bajarishga harakat qilishda davom etamiz.
Ulug‘bek BakayevQo‘qon-1912So‘g‘diyonaCoca Cola SuperligaFutbol O‘yiniG‘alaba Qozonish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar