19:03 / 29.10.2022
1 801

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogini tanlaydimi yoki Superliga chempionligini? Ro‘ziqul Berdiyevdan javob

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogini tanlaydimi yoki Superliga chempionligini? Ro‘ziqul Berdiyevdan javob
30 oktabr kuni Buxoroda O‘zbekiston Kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bellashuv oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchilar Umar Eshmurodov hamda Marko Stanoyevich ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: Ertangi o‘yin ajoyib ruhda bo‘ladi. Stadionni ko‘rdik. Maydonning holati yaxshi. Maydonda ikkita yetakchi jamoalar g‘alaba uchun jang qiladi. Ushbu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Asosiy maqsadimiz, ijobiy natija qayd etib muxlislarni xursand etish. Bunday o‘yinlarda tajriba to‘pladik va bu ertaga qo‘l keladi, degan umiddamiz.

Norchayevning yo‘qligi biz uchun katta yo‘qotish. Afsuski, finalni o‘tkazib yuboradi. Yarim finalni ham yo‘qotish bilan o‘ynadik. Ba’zida bu taktik sxemalarning o‘zgarishiga olib keladi. Jamoalarda bunday holatlar uchrab turadi. O‘ylaymanki, boshqa futbolchilar Husainning o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilishadi. Bundan tashqari yosh hujumchimiz bor va kerak bo‘lsa uni ham finalda maydonga tushirishimiz mumkin.

“Nasaf” kubok yoki Superligadan birini tanlash imkoniyati bo‘lsa qay biriga e’tibor qaratadi? Ikkalasini ham. Chunki bizdan muxlislar g‘alabalar kutyapti. Qaysidir musobaqani ajratmagan bo‘lardim.

“Navbahor” har yilgidan bu mavsum kuchli o‘tmoqda. Shuning uchun ertangi o‘yin oson bo‘lmasligini bilib turibmiz. Finalda g‘alabaga intilamiz. Futbolchilar hamma narsaga tayyor turadi.

Penaltini yana Stanoyevichga beriladimi? Yo‘q. Agar yana penalti bo‘lsa boshqa futbolchi amalga oshiradi. Chunki 11 metrdan boshqalar foydalanardi. Asosan ruhiy holatiga e’tibor qaratiladi.

Qanotdagi futbolchilar Saitov va Nasrullayev katta hajmdagi ishni amalga oshiradi. Bunda charchoq alomatlari kuzatiladi. Ularning e’tirozi bo‘lishi mumkin. Lekin bunday holatda nima qilish kerakligini murabbiy hal qiladi.

Finalda ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘yin namoyish etishi mumkin. Chunki final bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Hamma e’tiborni kuchaytiradi. Shuning uchun hech kim tavakkalga bormasa kerak.

Ertaga stadion to‘lib-toshishini kutyapman. Chunki oxirgi paytlarda bu ikki jamoa va ularning muxlislari avjiga chiqqan. Finalda muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

Umar Eshmurodov: Ertaga biz uchun mavsumdagi muhim o‘yinlardan biri bo‘ladi. Buning uchun borimizni beramiz.

Finalga kelish uchun muxlislar va yaqinlarimiz harakat qilishyapti. Ertaga ishqibozlar bizni qo‘llab-quvvatlaydi.

Maydon yaxshi holatda. Lekin yana qarash kerak. 4 oyda maysaning holati o‘zgargan.

Marko Stanoyevich: Final bu bayram. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. Futbol muxlislar uchun. Shu bois ertaga g‘alaba orqali ishqibozlarimizni xursand qilishga intilamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport