Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 14-turida «Liverpul» 29 oktabr, shanba kuni «Lids»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Rodrigo hisobni ochdi. 14-daqiqada Muhammad Saloh muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim «Liverpul»ning nazorati ostida o‘tayotgan edi, biroq 89-daqiqada Sammervill «Lids»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
«Lids» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 15-o‘rinni egallab turibdi. Mersisaydliklar esa 16 ochko bilan 9-pog‘onadan joy oldi.
«Liverpul» – «Lids» 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Rodrigo, 1:1 – 14 Saloh, 1:2 – 89 Sammervill.
«Liverpul»: Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 79), van Deyk, Gomes, Robertson, Elliott (Jons, 60), Tiago Alkantara, Fabino (Henderson, 61), Firmino, Saloh, Nunes.
«Lids»: Mele, Kristensen, Kuper, Kox, Streyk, Roka, Adams, Harrison (Nonto, 72), Aaronson, Rodrigo (Bemford, 52), Sammervill (Eyling, 90).
Ogohlantirish: Sammervill (90). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi